AsosiyJamiyat

O`zbekiston chegaralarini ochdi: xorijdan kirib kelishning yangi tartibi e`lon qilindi

'O`zbekiston chegaralarini ochdi: xorijdan kirib kelishning yangi tartibi e`lon qilindi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori e`lon qilindi. 

Qaror asosida, xorijiy davlatlardan avia, temir yo`l va avtotransport vositasi orqali O`zbekistonga keluvchi shaxslarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladi.

So`nggi 14 kun davomida «yashil» davlatda (Xitoy, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Finlandiya, Latviya, Avstriya va Yaponiya) bo`lib turgan shaxslar – O`zbekiston hududiga to`g`ridan to`g`ri kiritiladi.

«Sariq» (Ozarbayjon, Belarus, BAA va Evropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno) hamda «qizil» davlatlardan (qolgan barcha davlatlar) kirib kelayotgan shaxslar – so`nggi 72 soat davomidagi koronavirusga PZR testi manfiy natijalari to`g`risida ma`lumotnoma taqdim etgan holda O`zbekiston hududiga kiritiladi.

Agar shaxs so`nggi 72 soat ichida koronavirusga test topshirmagan bo`lsa yoki shaxsda koronavirus infeksiyasining alomatlari (yo`tal, isitma va b.q.) mavjud bo`lsa, O`zbekistonga kelganidan so`ng o`tkazish punkti (aeroport, vokzal yoki boshqa) hududida o`z hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o`tadi hamda O`zbekiston hududiga kiritilib, 14 kunga mehmonxonaga yoki uy karantiniga yuboriladi.

O`zbekistonga kelayotgan shaxslardan 14 kun davomida mehmonxonada yoki uy karantinida bo`lish majburiyatini zimmasiga olish to`g`risida tilxat olinadi.

Tekshiruv natijalari musbat bo`lgan taqdirda, shaxs belgilangan tartibda karantin markazi yoki xohishiga ko`ra mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar