AsosiyJamiyat

O`zbekistonda turizmni tashkil etishga nisbatan qo`llanilgan cheklovlar bekor qilindi: sayyohlar O`zbekistonga guruh bo`lib kelishi mumkin

'O`zbekistonda turizmni tashkil etishga nisbatan qo`llanilgan cheklovlar bekor qilindi: sayyohlar O`zbekistonga guruh bo`lib kelishi mumkin'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori e`lon qilindi. 

Unga ko`ra, Respublika aeroportlarida, temir yo`l stansiyalarida va chegara punktlarida shaxslar va transport vositalarini harakatlanishiga ruxsat berilayotganligi munosabati bilan xalqaro turizmni tashkil etishga nisbatan qo`llanilgan cheklovlar bekor qilindi.  

Shu bilan birga, turizmni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida turistik kompaniyalarga turistlarni olib kelish bilan bog`liq engilliklar taqdim etilmoqda.

O`zbekistonga xorijiy davlatlar fuqarolari bo`lgan turistlarni olib kelish faoliyati bilan shug`ullanayotgan turistik firmalar ular tomonidan mamlakatimizga turistik guruh (5 kishidan kam va 15 kishidan ortiq bo`lmagan va turli kasalliklar, jumladan, Covid-19 qamrab oladigan to`liq sug`urtasi bo`lishi sharti bilan) sifatida tashkil etilayotgan turizm sayohatlarini amalga oshirishdan avval turistlarni PZR test tekshiruvidan o`tkazilishini ta`minlashi lozim.

Bunda PZR test tekshiruvi natijasi manfiy bo`lgan turistlarga nisbatan 14 kunlik karantinda saqlash bo`yicha cheklov qo`llanilmaydi, ular O`zbekistonga kirishda koronavirusga tekshirilmaydi.

Turist O`zbekistonga kirib kelgan vaqtda unda koronavirus alomatlari bo`lsa, u o`tkazish punktida o`z hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o`tishi lozim.  

Test musbat chiqsa, sayyoh o`z hisobidan karantinga olinib, davolanishdan o`tadi yoki o`z mamlakatiga qaytadi.

Xorijiy turistlar O`zbekistonda mavjud karantin cheklovlari va sanitariya talablariga qat`iy rioya etgan holda harakatlanishlari lozim.  

Bu boradagi talablar bajarilishi turistik firmalar zimmasiga yuklatildi.

Mavzuga doir:

O`zbekiston chegaralarini ochdi: xorijdan kirib kelishning yangi tartibi e`lon qilindi

    Boshqa yangiliklar