YuRTIMIZDA KORONAVIRUSDAN SOG`AYGANLAR SONI 46 MING NAFARDAN OShDI. 🔺2020 yil 17 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 761 (+134) nafarni tashkil etmoqda. 🔴Yangi kasallanish holatlarining 115 nafari Toshkent viloyatida, 19 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 🔴Shu bilan birga, Angren shahrida yashagan 44 yoshli X.T. (erkak) hamda Bo`stonliq tumanida yashagan 11 yoshli M.U. (o`g`il bola), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. ❗️Bugun Toshkent shahrida 426 nafar, Toshkent viloyatida 109 nafar, Namangan viloyatida 50 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 6 nafar, Farg`ona viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar, Surxondaryo viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi. ❗️Shunday qilib yurtimizda 46 092 (+618) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan. ‼️Hozirda mamlakatimizda 3 254 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. | |
18.09.2020 00:14
Yurtimizda koronavirusdan sog`ayganlar soni 46 ming nafardan oshdi
