Bu haqda Beruniy tumani matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum bo`lishicha, go`dakda koronavirus belgilari aniqlanmagan.
“Taqsimlash markazida chaqaloq dunyoga keldi. Infeksiyaga chalingan ona, qiz farzandni dunyoga keltirgach o`zini ancha yaxshi his qilayotganligini aytib shifokorlarga minnatdorlik bildirdi. Tug`ruq jarayonini ginekolog M.Fayzullaeva olib borgan bo`lsa, xamshiralar S.Avezova va D.Baltakovalar yordamlashdi. Ona va bolaning ahvoli doimiy nazoratda” deyiladi xabarda.






