Hukumat qarori (564-son, 17.09.2020y) bilan Respublika “Qorako`lchilik” uyushmasining rahbarlari tasdiqlandi.
Unga ko`ra:
• Erkin Shaymardonovich Xayitov Respublika "Qorako`lchilik" uyushmasining raisi etib;
• Xasan Akbarovich Komilov uyushma raisining birinchi o`rinbosari etib tasdiqlandi.
Shuningdek, qaror bilan Ko`chchiev Ulug`bek Mirzamashrabovich uyushma raisining chorvachilik va naslchilik masalalari bo`yicha, Olamgir Jahongir o`g`li Toshpo`latov qayta ishlash, tashqi savdo va investisiya masalalari bo`yicha, Nasillo Asadovich Bobokulov ilm-fan bo`yicha o`rinbosarlari etib tasdiqlandi.






