Hukumatning tegishli qarori (№563, 17.09.2020y) bilan, Komiljon Xamidovich Karimov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori lavozimidan ozod qilindi.
Abdujabar Abdusattarovich Abduvaxitovga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori vazifasini bajarish yuklatilganligi bekor qilindi.
Shuningdek, Baxrom Ravshanovich Mirkasimov Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori, Shuxrat Jumaevich Teshaev Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.






