Xonanda Shahzoda “Sputnik” nashriga bergan intervyusida shaxsiy hayoti va ijodiga doir savollarga javob berdi.
Xonanda 2005 yildan beri avtomobil boshqarishini va tajribali haydovchi ekanligini aytib o`tdi.
“YPX xodimlari bir-ikki bor to`xtatishgan. Umuman olganda yo`l harakati qoidalarini buzmaslikka harakat qilaman. Qonunni hurmat qiladigan fuqaroman. Inspektorlar haydovchilik guvohnomamni ko`rib, “Nega bu erda Zilola Musaeva deb yozilgan?” degan savol berishadi. Ularga asl ismim Zilola, Shahzoda esa — taxallus ekanligini tushuntirishga to`g`ri keladi”, — deydi xonanda.





