AsosiyJamiyat

Sovuq mavsumda koronavirus infeksiyasining avj olib ketish ehtimoli qanday?

'Sovuq mavsumda koronavirus infeksiyasining avj olib ketish ehtimoli qanday?'ning rasmi

Ushbu savolga bugun AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi: 

Kuz-qish mavsumi gripp, paragripp, o`tkir respirator kasalliklar avj oladigan davr xisoblanadi.

Koronavirus qo`zg`atuvchisi ham nam va past haroratni yaxshi ko`radi. Hamma viruslar singari koronavirus qo`zg`atuvchisiga ham issiq va quruq havo noqulay hisoblanadi va bunday sharoitda kasallik virusi tezda nobud bo`lishi mumkin.  

Biz hali bilmaymiz yurtimizga xos bo`lgan respirator kasalliklar virusi bilan koronavirus qo`zg`atuvchisi qanday chiqishar ekan.

Mikroorganizmlar hayotiga xos bo`lgan antogonizm va sinergizm tushunchalari bor.  

Agar odamlarda uchraydigan respirator kasalliklar virusi va koronavirus bir biriga antogonist bo`lsa va kishida boshqacha sinergist mavjud bo`lsa boshqacha epidemik vaziyatni kuzatishimiz mumkin bo`ladi.  

Lekin nima bo`lganda ham ushbu mavsumda kasallikning ko`tarilishini bashorat qilsak to`g`ri bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar