«Oddiy xalqning qonini ichasizlar». Kaniza YPX xodimi bilan tortishdi (video)

Jamiyat 18.09.2020, 17:36
«Oddiy xalqning qonini ichasizlar». Kaniza YPX xodimi bilan tortishdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Kaniza va YPX xodimi o`rtasidagi tortishuv videosi tarqaldi. Ushbu videolavha «Yoshlar» telekanalining «Avtopatrul» ko`rsatuvida efirga uzatilgan.

Kaniza 2 sentyabr kuni Captiva avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtida YPX xodimi tomonidan to`xtatilgan hamda «tonirovka» ruxsatnomasi muddati o`tib ketgani aniqlangan.

Videoda YPX xodimi xonandaga avtomobil vaqtinchalik jarima maydonchasiga olib ketilishini aytsa, Kanizani qarshilik ko`rsatganini ko`rishingiz mumkin. 

Shu paytda suhbatga Kaniza ham aralashadi hamda savoli borligini aytadi.

«‘Tonirovka’ning muddati 29 avgustda o`tib ketgan, bayram munosabati bilan 3 kun dam olish kuni berildi. Hatto koronavirusga ham analiz topshira olmadik, 2, 3-kuni ishlaymiz deyishdi. Qo`pol muomala qilyapsiz», — deydi xonanda.

YPX xodimi suhbat bodikamerasiga yozilganini, qo`pol muomala qilmaganini aytadi. «Bechora qolgan odamlar nima qilarkan-a? Oddiy xalqning qonini ichasizlar», — deydi Kaniza.

Videolavhada Kanizaning "Captiva"si jarima maydonchasiga qo`yilgani aytilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1