1

Tana harorati ko`tarilganlar orasidan 259 kishida koronavirus aniqlandi. Virus oqibatida yana erkak va ayol vafoti qayd etildi

Jamiyat 18.09.2020, 18:08
Tana harorati ko`tarilganlar orasidan 259 kishida koronavirus aniqlandi. Virus oqibatida yana erkak va ayol vafoti qayd etildi

2020 yil 18 sentyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 253 (+259) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 228 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Toshkent viloyatida hamda 10 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 83 yoshli T.M. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 42 yoshli D.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 253 nafar, Toshkent viloyatida 84 nafar, Namangan viloyatida 51 nafar, Buxoro viloyatida 23 nafar, Andijon viloyatida 13 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 46 527 (+435) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 307 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1