1

Sergelida 31 yoshli haydovchi “Lacetti”sida yuqori tezlik bilan do`konga, ikki yo`lovchiga va “Spark”ka borib urildi. Keyin qochib ketmoqchi bo`ldi

Jamiyat 18.09.2020, 18:44
Sergelida 31 yoshli haydovchi “Lacetti”sida yuqori tezlik bilan do`konga, ikki yo`lovchiga va “Spark”ka borib urildi. Keyin qochib ketmoqchi bo`ldi

Internet tarmog`ida Sergeli tumanida sodir bo`lgan mudhish yo`l-transport hodisasi haqida xabarlar taraldi. Toshkent shahar IIBB mazkur hodisa bo`yicha batafsil ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum bo`lishicha, kecha, 17 sentyabr kuni taxminan soat 02.00 da 31 yoshli Farrux T. “Lacetti” (davlat raqami 01 B 223 ZA) rusumli avtomobilni mast holatda Sergeli tumani Chinor ko`chasi bo`ylab boshqarib borgan. Chinor va Qo`rg`ontepa ko`chalari kesishmasi yaqinida boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidagi do`konga to`qnashib, so`ng chetda turgan ikki nafar piyodalar – 24 yoshli Muhammad T. va 22 yoshli Alfiya B.larni urib yuborib, yo`l chetida to`xtab turgan 32 yoshli Kamola N. boshqaruvidagi “Spark” rusumli (davlat raqami 01 U 854 GB) avtomobilga to`qnashgan. Haydovchining ko`rsatmalariga ko`ra avtomobil tezlikni oshirib harakatlangan.

Tezkor-tergov guruhi voqea joyiga etib kelishi bilan guvohlar haydovchi YTH joyini tark etishga harakat qilganligini, ammo ular tomonidan qo`lga olinganini ma`lum qilishdi. 

YTH sababli ikkala piyodalar ham shifoxonaga etkazildilar. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 1 qismi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Hozirgi vaqtda tergov olib borilmoqda, bir qator ekspertizalar belgilandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1