AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kelayotgan kuz-qish mavsumida koronavirusning avj olib ketish ehtimoli qanday? Nurmat Otabekov javob berdi

'O`zbekistonda kelayotgan kuz-qish mavsumida koronavirusning avj olib ketish ehtimoli qanday? Nurmat Otabekov javob berdi'ning rasmi

Kuz-qish mavsumida kasallik avj olib ketish ehtimoli qanday? Mazkur savolga SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nurmat Otabekov javob berdi:

Kuz-qish mavsumi gripp, paragripp, o`tkir respirator kasalliklar avj oladigan davr xisoblanadi.

Koronavirus qo`zg`atuvchisi ham nam va past haroratni yaxshi ko`radi. Hamma viruslar singari koronavirus qo`zg`atuvchisiga ham issiq va quruq havo noqulay hisoblanadi va bunday sharoitda kasallik virusi tezda nobud bo`lishi mumkin.  

Biz hali bilmaymiz yurtimizga xos bo`lgan respirator kasalliklar virusi bilan koronavirus qo`zg`atuvchisi qanday chiqishar ekan.

Mikroorganizmlar hayotiga xos bo`lgan antogonizm va sinergizm tushunchalari bor.  

Agar odamlarda uchraydigan respirator kasalliklar virusi va koronavirus bir biriga antogonist bo`lsa va kishida boshqacha sinergist mavjud bo`lsa boshqacha epidemik vaziyatni kuzatishimiz mumkin bo`ladi.  

Lekin nima bo`lganda ham ushbu mavsumda kasallikning ko`tarilishini bashorat qilsak to`g`ri bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar