AsosiyShou-biznes

Shahzoda Chikko klipi qahramonining o`g`liga o`xshashligiga izoh berdi

Shahzodaning “Chikko” taronasiga ishlangan klip efirga uzatilganida u homilador edi. O`g`li Xolid tug`ilganida esa xonandaning aksariyat muxlislari uni “Chikko” klipi qahramonining xuddi o`zginasi ekanligidan hayratlandi. Hali tug`ilmagan chaqaloq qanday qilib klip qahramoni prototipi bo`lishi mumkin? Shahzoda mazkur savolga Sputnik nashriga bergan intervyusida javob berdi.

 “Ha, bu o`xshashlik haqida muxlislarim ham ko`p aytishadi. Xolid va klipdagi multqahramon o`rtasidagi o`xshashlik sababi oddiy. Gap shundaki, Chicconi chizgan multiplikator internet orqali topgan bolalikdagi suratimdan foydalangan ekan. Xolid menga, yoshlik paytimga juda o`xshaydi. O`xshashlikning boisi shunda”, — deydi xonanda.

    Boshqa yangiliklar