1

O`zbekistonda dam olish kunlarida salqin havo chekinadi, 4 ta viloyatda yomg`ir yog`adi

Jamiyat 18.09.2020, 19:26
O`zbekistonda dam olish kunlarida  salqin havo chekinadi, 4 ta viloyatda yomg`ir yog`adi

Bugun O`zbekiston hududi Volgabo`yidan kelgan antisiklonning sovuq va kam nam havosi ta`sirida bo`ldi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati.

Mamlakatimizda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi., faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarga yomg`ir yog`ishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarga yomg`ir yog`adi.  Harorat iqlimiy me`yorlardan 7-9 darajaga past bo`lib, 20-25 daraja iliqni tashkil qiladi.

Ertaga sovuq oqim chekinadi. Respublika hududining katta qismida ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi, faqat tunda va ertalab  Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ayrim joylarga yomg`ir yog`adi.

Harorat kechasi antisiklon ta`sirida 8-11 darajagacha pasayadi, kunduzi 24-27 daraja bo`ladi.

Yakshanba kuni O`zbekiston bo`yicha havo ochiq bo`ladi, haroratning kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo`lishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari mamlakatimiz shimolida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1