AsosiyJamiyat

O`zbekistonda barcha OTM talabalarining to`lov kontrakt miqdoriga 10 foiz chegirma belgilandi

'O`zbekistonda barcha  OTM talabalarining to`lov kontrakt miqdoriga 10 foiz chegirma belgilandi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda pandemiya sharoitida aholining to`lov qobiliyati pasayishini hisobga olib, farzandi to`lov-shartnoma asosida o`qiydigan oilalarga engillik yaratish va ularni qo`llab-quvvatlash maqsadida yangi o`quv yilida amaldagi bazaviy to`lov-kontrakt miqdori uchun 10 foiz chegirma berilishi haqida xabar berilgan edi.

Mazkur taklif O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi tomonidan ma`qullandi va barcha davlat oliy ta`lim muassasalariga vazifa sifatida yuborildi.Bu haqda DTM xabar bermoqda.

"Yangi 2020/2021 o`quv yilida respublika oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasida kunduzgi ta`lim shaklida to`lov-kontrakt asosida tahsil oladigan BARChA talabalarga shartnoma shartlarini bajarishda amaldagi bazaviy to`lov-kontrakt (stipendiyasiz qismidan) miqdoriga 10 foiz chegirma beriladi.

Hurmatli talabalar va ota-onalar!

Agar sizda ushbu masala yuzasidan tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, aniq faktlarni ko`rsatgan holda telegramdagi @otvmurojaat_bot boti orqali bizga ma`lum qiling. Hech bir murojaat e`tiborsiz qoldirilmaydi", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar