Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bugun, 18 sentyabr kuni ichimlik suvi ta`minoti va kanalizasiya tizimini takomillashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig`ilish avvalida davlatimiz rahbari koronavirus bilan bog`liq vaziyatga to`xtalib o`tdi. Kasallik hamon butun dunyo bo`ylab keng tarqalayotgani, so`nggi kunlarda yurtimizda ham bemorlar soni ko`paygani afsus bilan qayd etildi. Temir intizom va tartibni ta`minlab, barcha joylarda sanitariya talablariga qat`iy amal qilish kerakligi yana bir bor ta`kidlandi.