Istambulning Sabixa Go`kchen aeroportida samolyotlar turargohida portlash sodir bo`ldi. Oqibatda layner yonida bo`lgan farrosh ayol halok bo`ldi. Yana bir odam jiddiy jarohat oldi, deya xabar beradi Reuters.
Voqea 23 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 02:05 sodir bo`ldi. Voqea joyida yo`lovchilar bo`lmagan.
Hozirda aeroport o`z faoliyatini davom ettirmoqda, ammo voqea joyida hamda Otaturk aeroportida xavfsizlik choralari ko`rilgan. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda. Polisiya barcha talqinlarni ko`rib chiqmoqda, xususan teraktni ham, deya xabar beradi RIA Novosti.
Dastlabki tahminlarga ko`ra, portlash samolyotlardan birining bortida sodir bo`lgan bo`lishi mumkin.
1 dekabr kuni Istambulning metro bekatlaridan birida qo`lbola bomba portlagan edi.





