AsosiyJamiyat

Bugun yurtimizda 553 nafar bemor koronavirusdan sog`aydi

'Bugun yurtimizda 553 nafar bemor koronavirusdan sog`aydi'ning rasmi

BUGUN YuRTIMIZDA 553 NAFAR BEMOR KORONAVIRUSDAN SOG`AYDI

🔺2020 yil 18 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 378 (+125) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 90 nafari Toshkent viloyatida, 35 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, Bo`stonliq tumanida yashagan 71 yoshli A.T. (erkak) hamda 41 yoshli D.Ya. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

❗️E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 331 nafar, Toshkent viloyatida 124 nafar, Namangan viloyatida 51 nafar, Buxoro viloyatida 23 nafar, Andijon viloyatida 13 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

❗️Shunday qilib, yurtimizda 46 645 (+553) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 3 312 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Boshqa yangiliklar