🔺Shu yilning 18 sentyabr kuni mamlakatimizda 617 holatda kasallik qayd etildi. 🔴Shu bilan birga, Toshkent viloyatida 4 nafar, Toshkent shahri hamda Surxondaryo viloyatida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. ❗️E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Buxoro, Andijon, Navoiy hamda Qashqadaryo viloyatlarida 553 nafar bemor tuzaldi. ❗️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 50 378 nafar bemordan 46 645 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda. ‼️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 312 nafar bemordan 489 nafari og`ir, 254 nafari esa o`ta og`ir ahvolda. |
18.09.2020 19:20
Koronavirusdan qayd etilganlar 617 nafar, vafot etganlar 6 nafarni tashkil qildi






