AsosiyJamiyat

Jizzaxda avtomobil ichida qoldirilgan bolalar kuyish jarohatlari oldi

'Jizzaxda avtomobil ichida qoldirilgan bolalar kuyish jarohatlari oldi'ning rasmi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Yakkaqayrag`och" mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi, 1992 yil tug`ilgan F.D. akasining bir nafar, o`zining esa ikki nafar farzandini “Matiz” ichida qoldirib, yashash joyiga kirib ketgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko`ra, F.D uyda bo`lgan vaqtda avtoulov ichida yong`in yuzaga kelgan. Salonda bo`lgan, 2018 yilda tug`ilgan Sh.Sh.ning tanasi 100 foiz 2- va 3-darajali termik kuygan.

Shuningdek, 2017 yilda tug`ilgan M.Sh. tanasining 60 foizi 1-, 2- va 3-darajali kuygan. Bolaning yuqori nafas yo`llari 2-darajali kuygan. 2019 yilda tug`ilgan Sh.M.ning  yuzi, ikki qo`li 2-, 3- “A” va “B” darajali, yuqori nafas yo`llarining esa 14-16 foizi kuygan. 

Jabrlanuvchilar respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo`limiga yotqizildi.

Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar