AsosiyJamiyat

O`zbekistonning yana 10 ta hududida kasallanish aniqlandi

'O`zbekistonning yana 10 ta hududida kasallanish aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 19 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 634 (+256) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 158 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Andijon viloyatida, 16 nafari Xorazm viloyatida, 15 nafari Jizzax viloyatida, 13 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 7 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida hamda 3 nafari Farg`ona viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Ayni paytda yurtimizda 46 645 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 566 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

 

    Boshqa yangiliklar