Umumta`lim muassasalarida koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishini oldini olish va davolash maqsadida barcha o`qituvchi va xodimlarni gidroksixloroxin xamda sink preparati bilan bepul ta`minlash topshirildi.
Ushbu topshiriqni bajarish maqsadida Xalq ta`limi vazirligi hamda Sog`liqni saqlash vazirligining qo`shma qarori imzolandi.
Bugungi kunda ushbu preparatlar Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan umumta`lim muassasalarining barcha o`qituvchi va xodimlariga etkazib berilishi boshlangan.






