1

Yakkasaroy tumanida bir tunda ikkita klub epidemiya qoidalarini buzgani aniqlandi

Jamiyat 19.09.2020, 14:06
Yakkasaroy tumanida bir tunda ikkita klub epidemiya qoidalarini buzgani aniqlandi

2020 yilning 16 sentyabr kunidan 17 sentyabrga o`tar tunda Yakkasaroy tumani IIO FMB ishchi guruhi tomonidan tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda IIBB xabar bermoqda. 

Unda, amaldagi sanitariya-epidemiologiya talablari jiddiy buzilishi bilan bog`liq fakt aniqlandi. Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko`chasida 24 yoshli Talgat S.ga tegishli bo`lgan kalyanxonada Maxsus komissiyaning 45-son bayonnomasi bilan belgilangan qoida buzilganligi qayd etildi. Mazkur kalyanxona cheklovlarga qaramasdan faoliyat yuritardi. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 54 moddasi 2 qismi bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. To`plangan hujjatlar SEOM (Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markaziga) yo`naltirildi.

Shu kunning o`zida karantin qoidalari buzilishi Yakkasaroy tumani kichik xalqa avtomobil yo`lida joylashgan “Le Grand” klubida ham qayd etildi. Qayd etish joizki, mazkur klubning rahbari – Qashqadaryo viloyatilik 32 yoshli Muzaffar M. tomonidan bir necha bor qoidabuzarliklar qayd etilib, unga Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari tomonidan profilaktik ogohlantirishlar berilgan. Shunga qaramasdan, talablarni mensimagan shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgralik to`g`risidagi kodeksining 54 moddasi 1 qismi (“Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish”) hamda 194 moddasi 2 qismi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bo`yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi. To`plangan hujjatlar Yakkasaroy tumani ma`muriy ishlar bo`yicha sudiga yo`naltirildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1