Bugun AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nargiza Nurullayeva aholidan tushgan muhim savollarga javob qaytardi.
O‘rtog‘im test topshirgan edi, unda koronavirus aniklandi. Lekin hech qanday alomatlar yo‘q deb odamlar bilan erkin muloqotda bo‘lib yuribdi. Testda xatolik bo‘lishi mumkinmi?
SOVID-19ning asosiy yuqish yo‘li — havo-tomchi bo‘lib, yo‘tal, tana haroratining ortishi, yoki holsizlik ko‘rinishidagi belgilar kuzatilayotgan inson nafas yo‘lidan tomchi ko‘rinishida ajraladi.
Ko‘pgina bemorlarda kasallik sezilarsiz kechadi, ayniqsa kasallikning erta bosqichlarida. Virus kasallikning boshqa belgilari kuzatilmay turib, faqat kam miqdorda yo‘tal kuzatilgan bemorlardan ham yuqishi mumkin. Bu qanchalik tez kuzatilishi hozircha nomaʼlum.
JSST bu yo‘nalishda izlanishlarini davom ettirmoqda, aniq natijalar shakllangandan so‘ng tavsiyanomalarda o‘z xulosalarini keltiradi. Shuning uchun, koronavirus belgilarsiz kechayotgan insonlarga niqob taqish va epidemiologik tartibga rioya qilish tavsiya qilinadi, - deya izohladi mutuxassis.






