1

Samara chegarasidagi o`zbekistonliklar uchun yana 4ta poezd tashkil etilishi ma`lum bo`ldi

Jamiyat 19.09.2020, 19:08
Teglar: Samara, O`zbekiston
Samara chegarasidagi o`zbekistonliklar uchun yana 4ta poezd tashkil etilishi ma`lum bo`ldi

COVID-19 koronavirusi pandemiyasi fonida barcha turdagi qatnovlarning yopilishi tufayli Samara viloyatida qolib ketgan O`zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida yana to`rtta poezd tashkil etiladi. Bu haqda Samara viloyati hukumati saytida xabar berilgan.

Vatanga qaytmoqchi bo`lgan o`zbekistonliklar 15 avgustdan Kinelga kelishni boshlagan edilar. Avvaliga migrantlar temiryo`l vokzali platformasida joylashgan edilar. 21 avgust kuni region hukumati ular uchun palatkali lagerni qurib berdi. Sovuq kunlar boshlanishi bilan isitish tizimlari ham tashkil etildi.

“Migrantlarni o`z manziliga etkazish uchun sakkizta poezd yuborildi, yana to`rtta poezd tashkillashtiriladi. Shuningdek, Kurumoch aeroportidan chiqish reyslari rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Samara viloyatiga kirishda yana nazorat postlari ishga tushdi — ular shu jumladan, lagerda koronavirus o`choqlari paydo bo`lishi xatarlarini pasaytirish ustida ish olib bormoqda, deb xabar qiladi matbuot-xizmati.

Toshkentda fuqarolardan Rossiya-Qozog`iston chegarasida muntazam to`planmaslikni va RFda yashash joyi bo`yicha chiqish reyslari navbatini kutishni munzatam so`rab keladi. Ammo O`zbekistonga qaytish istagida bo`lgan yuzlab fuqarolar may oyidan boshlab muntazam ravishda Rossiyaning Samara, Orenburg va Rostov viloyatlarida to`planib keladilar. Respublika hukumati avtobus va temir-yo`l transporti orqali o`ng mingdan ziyod vatandoshlarni olib chiqdi.

1 oktyabr sanasidan boshlab O`zbekiston o`z chegarasini barcha turdagi transport vositalari uchun ochmoqda, shu munosabat bilan oldinroq kiritilgan karantin choralarining barchasi bekor qilindi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1