AsosiyJamiyat

Magistratura uchun test sinovlarida asosli sabablarga ko`ra ishtirok eta olmagan abiturientlarga yana bir imkon berildi

'Magistratura uchun test sinovlarida asosli sabablarga ko`ra ishtirok eta olmagan abiturientlarga  yana bir imkon berildi'ning rasmi

Respublika oliy ta`lim muassasalari magistraturasiga o`qishga kirish uchun ro`yxatdan o`tgan (ariza bergan) ammo uzrli sabablarga ko`ra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan abiturientlarning murojaatlariga asosan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) ular uchun 2020 yil 22 sentyabr kuni soat 10:00 da onlayn test sinovlari o`tkaziladi.

Mazkur onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilgan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) abiturientlar 2020 yil 21 sentyabr kuni soat 10:00 dan boshlab o`zlarining shaxsiy kabinetlaridan login va paroli orqali onlayn test sinovlarida ishtirok etish ruxsatnomasini olishlari mumkin.

Ushbu toifadagi abiturientlardan ruxsatnomalarida belgilangan manzillarga (hudud, bino) fuqarolik pasporti hamda testda ishtirok etish ruxsatnomasi bilan 22 sentyabr kuni soat 09:30 ga qadar etib kelishlari talab etiladi.

️Belgilangan muddatdan kech kelgan abiturientlar test sinovlariga kiritilmaydi!

    Boshqa yangiliklar