2020 yil 20 sentyabr soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 51235 (+243) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 228 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli S.M. (erkak) hamda Quyichirchiq tumanida yashagan 57 yoshli R.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 47271 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3535 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 495 nafari og`ir, 267 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






