AsosiyDunyo

AQSh prezidenti Donald Trampni maktab orqali zaharlashmoqchi bo`lishdi

'AQSh prezidenti Donald Trampni maktab orqali zaharlashmoqchi bo`lishdi'ning rasmi

Amerikalik huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari AQSh prezidenti Donald Trampga yuborilgan zaharlangan maktubni ushlab qolishdi, deb ma`lum qildi CNN telekanaliga  tayanib Xabar.uz.

Hodisa AQSh maxfiy xizmati va Federal tergov byurosi tomonidan tekshirilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, prezident nomiga yuborilgan xatni tekshirish paytida unda risin – o`simlikdan olingan zaharlangan modda borligi aniqlangan. Idoraning bayonot berishicha, maktub Kanadadan yuborilgan, xat egasi hali qo`lga olingani yo`q.

Risin – kanakunjutdan olingan zaharli modda. Uni yutib yuborganda ko`ngil aynishi, qayt qilish, ichki qon ketishini keltirib chiqaradi. Hatto, ichki a`zolar faoliyatining etishmovchiligi va o`limga ham sabab bo`lishi mumkin. Risinga qarshi ziddizahar mavjud emas.

    Boshqa yangiliklar