Bu haqda Championat.asia sayti ma`lum qildi.
Narimon Jalolov 13 yoshidayoq futbol o`ynashni boshlagan. O`sha kezlarda Jalolov Toshkentning “Spartak” jamoasi a`zosiga aylanib sport jamiyatlari o`rtasida o`tkazilgan birinchilikda g`olib chiqqan holda g`alabali va muvaffaqiyatli davrni boshlagan edi.
Toshkent shahri va viloyatdagi futbol taraqqiyotida ham Narimon Jalolovning hizmatlari beqiyosdir. Ayonan shu insonning sa`y-harakatlari ostida Chirchiq, Oqqo`rg`on, Bekobod va Olmaliq shaharlarida stadionlar barpo etilgan. 37-yoshli Jalolov 1968-yilda o`zbek futbolining bayroqdori Toshkentning “Paxtakor” klubiga ham boshliq sifatida faoliyat yuritgan. O`shanda paxtakorchilar Sobiq Ittifoq Kubogining finaligacha etib borgan edi.
Narimon Jalolov 1992 yilda O`FF vise-prezidenti etib tayinlangan. So`nggi yillarda O`FA Faxriylar kengashi raisi sifatida ishlab kelmoqda. Narimon Jalolovich "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy", "Shuhrat" medali, O`FA ko`krak nishoni sohibi.
23 sentyabr kuni Narimon Jalolovich 89 yoshga to`lar edi...






