Er sayyorasining asteroidlar va kometalar bilan to`qnashishi xavfi mavjud. Astronomlar xavf darajasini kosmik kentavrlar sabab aniqlay olmagan. Bu haqda Astronomy jurnalida chop etilgan ma`lumotlarga asoslanib Lenta.ru xabar bermoqda.
Olimlar Yupiter va Neptun orbitalari oralig`idagi kentavrlar orbitasi-yirik asteroidlarni ko`zdan kechirdi. Mazkur fazoviy jismlar Mars va Yupiter oralig`ida joylashgan asosiy mintaqa asteroidlari va Koyper mintaqasidagi yirik jismlar orasidagi joyni egallagan.
Kentavrlar bosh mintaqada joylashgan asteroidlardan sezilarli darajada katta hisoblanadi. Bu sharsimon jismlar diametri 60-100 kilometrga teng va ular tosh va muzlardan tarkib topgan.
Ular cho`zilgan va barqaror bo`lmagan orbitalar bo`ylab harakatlanadi. So`nggi 20 yil ichida bunday jismlarning yuzlab turi aniqlangan.
Kentavrlar er sayyorasi bilan to`qnashgan hamma asteroidlardan ham ko`ra og`irroq. Uning qoldiqlari esa er sayyorasini 100 yil mobaynida bombardimon qilishi mumkin. Astronomlarning fikriga ko`ra, mazkur ob`ektlarni er sayyorasi bilan to`qnashish xavfi yuqoriligi bois muntazam ravishda kuzatiladigan ob`ektlar sirasiga kiritish lozim.