AsosiyJamiyat

Yana 199 fuqaroda virus aniqlandi. O`zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 51 434 nafarga etdi

'Yana 199 fuqaroda virus aniqlandi. O`zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 51 434 nafarga etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining xabariga ko`ra, bugun 20 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 51 434 (+199) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Toshkent shahrida, 45 nafari Namangan viloyatida, 18 nafari Andijon viloyatida, 13 nafari Samarqand viloyatida, 7 nafari Xorazm viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 4 nafari Qoraqapog`iston Respublikasida harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar