Ikki nafar toshkentlik bemor vafot etdi

Jamiyat 20.09.2020, 18:36
Ikki nafar toshkentlik bemor vafot etdi

SSV bergan ma`lumotga ko`ra, Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli M.A. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 61 yoshli R.R. (erkak), yana 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan. Bemorlarning o`limi bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilinmagan.

Shu bilan birga, ayni paytga qadar Toshkent shahrida 294 nafar, Toshkent viloyatida 119 nafar, Namangan viloyatida 48 nafar, Andijon viloyatida 16 nafar, Samarqand viloyatida 13 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 13 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 3 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 47 790 (+519) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 213 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1