Andijonda to`rtta hokim pnevmoniyadan davolanmoqda

Jamiyat 20.09.2020, 19:06
Andijonda to`rtta hokim pnevmoniyadan davolanmoqda

Andijon viloyatida kamida to`rtta hudud hokimi pnevmoniyadan davolanayotgani bois ishga chiqmayapti, deya xabar bermoqda «Kun.uz».

Mahmudjon Bozorov

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Avvalroq Paxtaobod tumani hokimi Mahmudjon Bozorov va Xonobod shahri hokimi Musaxon Mamadaliev «15 kundan buyon ishga chiqmayotgani», ularning har ikkisi pnevmoniyadan davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.

Musaxon Mamadaliev.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

 Shahrixon tumani hokimi Hikmatillo Dadaxonov va Oltinko`l tumani hokimi Nazirjon O`rinboev ham «ayni paytda pnevmoniyadan davolanmoqda».

Hikmatillo Dadaxonov.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

«Mutasaddilarning bildirishicha, Hikmatillo Dadaxonov viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida pnevmoniyadan davolanmoqda. Tegishli muolajalarni olib bo`lgani sababli tez orada ish faoliyatiga qaytishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.

Nazirjon O`rinboev.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Avvalroq berilgan xabarda Xonobod hokimida koronavirus aniqlanmagani, Paxtaobod hokimining esa sog`lig`i tiklanib bo`lgani ta`kidlangan edi.

Ma`lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoev 28 iyul kuni hududlarda koronavirus bilan bog`liq murakkab vaziyatni tartibga solish bo`yicha ko`rilayotgan choralar muhokamasi yuzasidan o`tkazilgan videoselektorda «Buxoro, Farg`ona, Samarqand, Namangan, Toshkent, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog`istonda pnevmoniya holatlari ancha ko`paygani»ni ta`kidlab o`tgan edi.

4 avgust kuni o`tkazilgan navbatdagi videoselektorda esa «koronavirusga qo`shimcha tarzda, asorati og`irroq bo`lgan pnevmoniya holatlari ham ko`payayotgani», bu «eng yomoni» ekani ta`kidlangan, Sog`liqni saqlash vazirligi, hokimlar va sektorlar rahbarlariga «koronavirus va pnevmoniyani davolash bo`yicha har tomonlama tayyor bo`lish» haqida topshiriq berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1