AsosiyJamiyat

Chet tili onlayn darslarida kelgusida xatoga yo`l qo`ymaslik choralari ko`rilmoqda

'Chet tili onlayn darslarida kelgusida xatoga yo`l qo`ymaslik choralari ko`rilmoqda'ning rasmi

Xabaringiz bor joriy yilning 14 sentyabr kunidan boshlab maktab o`quvchilari uchun televizion darslar uzatila boshladi.

«Onlayn-maktab» loyihasi doirasida har kuni 100 dan ortiq (30-35 soat) darslar tasvirga olinmoqda. Mazkur darslarda imkon qadar xatolik o`tmasligiga harakat qilinmoqda.

Biroq, 16 sentyabr kuni efirga uzatilgan chet tili fani videodarsida ayrim xatoliklarga yo`l qo`yildi. Eng avvalo, mazkur holat uchun barchadan uzr so`ramoqchimiz.

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan darslarda yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida chet tili o`qituvchilarining tarkibi qayta ko`rib chiqildi, dars muharriri almashtirildi hamda darslarda tajribali o`qituvchilar jamoasini yanada kengaytirish maqsadida mahoratli pedagoglar uchun tanlov e`lon qilindi.

Keng jamoatchilik va ijtimoiy tarmoq faollaridan «Onlayn-maktab» loyihasida ishtirok etayotgan o`qituvchilarni kamsitmaslikni so`ramoqchimiz. Har birimiz xatolikka yo`l qo`yishimiz mumkin, ish bor joyda xatoliklar ham uchrab turadi. Lekin, bu xatoliklarni oldini olish va kelgusida yo`l qo`ymaslik choralari ko`rilmoqda.

Umid qilamizki, bu vaziyat barchani o`z vazifalarini bajarishda e`tiborliroq bo`lishga va ishga professional yondashishga undaydi.

Vazirlik, hozirgi sharoitda o`z sog`lig`ini xavf ostiga qo`yib ham an`anaviy ham masofaviy shaklda faoliyat olib borayotgan hamda videodarslarni tasvirga olish jarayonlariga jalb qilingan o`qituvchilarga minnatdorchilik bildiradi.

    Boshqa yangiliklar