1

Taksi faoliyati uchun avtomat tarzda lisenziya olish tartibi joriy etilishi mumkin

Jamiyat 20.09.2020, 22:52
Taksi faoliyati uchun avtomat tarzda lisenziya olish tartibi joriy etilishi mumkin

O`zbekistonda taksi xizmatlarini ko`rsatish faoliyati uchun lisenziya saqlanib qolishi, ammo uni avtomatik tarzda olish imkoniyati yaratilishi mumkin. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, Kun.uz xabar bermoqda.

Kutilayotgan o`zgarishga ko`ra, taksi haydovchilari soliq organlari veb-sayti orqali ro`yxatdan o`tib, lisenziyani avtomatik tarzda qo`lga kiritishi mumkin bo`ladi. Shuningdek, haydovchilar o`z-o`zini mehnat bilan band qilgan shaxslar toifasiga kiritiladi.

Ayni paytda turli versiyalar ustida ish olib borilyapti: haydovchilar mijozlarga xizmat ko`rsatuvchi agregatorlarga ulanishi sharti bilan o`z-o`zini band qilgan shaxs sifatida tan olinishi mumkin. Negaki, mijozlar haydovchi haqida ma`lumotga ega bo`lishi, sodir etilishi mumkin bo`lgan noxushliklarning oldini olish kerak. Bu holatda haydovchilar muntazam tibbiy ko`rikdan o`tishi lozim.

Bundan tashqari, soliq organlari veb-sayti orqali ro`yxatdan o`tib, lisenziyani o`sha zahoti avtomatik tarzda olishi mumkin bo`ladi.

Ta`kidlanishicha, masalaning moliyaviy echimlari bo`yicha yakuniy to`xtamga kelinmagan. Davlat soliq qo`mitasi, transport hamda moliya vazirliklari bu borada hamkorlikda ish olib boryapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1