Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli Z.Ch. (ayol) hamda Shayhontohur tumanida yashagan 46 yoshli H.I. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 47932 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3422 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 557 nafari og`ir, 245 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






