Parkent tumani hokimligi zaxira byudjetidan 269 mln so`m ajratib, 260 mln so`mga "Kaptiva" rusumli avtomobil xarid qilgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoq va mahalliy internet-nashrlarda keng tarqalgan va bu yuzadan Parkent tumani hokimligi izoh bergan edi.
O`z navbatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi tomonidan “Mega Karer” MChJdan Captiva rusumli avtomobil 260 mln so`mga sotib olingani to`g`risidagi xabar bo`yicha Bosh prokuraturaga so`rovnoma yubordi.
“Yuqoridagi harakatlarda davlat hokimiyati vakilining o`z mansabidan foydalangan holda korrupsiyaga yo`l qo`yish alomatlari mavjudligini inobatga olib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazishni so`rab O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga so`rovnoma yubordi.
Holat yuzasidan OAV va keng jamoatchilikka batafsil ma`lumot beriladi”, deyiladi Agentlik xabarida.