Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ishtirokidagi brifingda koronavirus infeksiyasi borasida dolzarb savollar yuzasidan javob qaytarildi.
❓Farzandimda bir-ikki kun burni oqdi, isitmasi yo`q. 2 kundan beri ertalab soat 5-6 larda balg`amli yo`tal tutadi, to`liq balg`amni chiqarib tashlab yana uxlab qoladi.Kovid shunday boshlanishi mumkinmi?
–Bolada dastlabki 1-2 kun kuzatilgan burun oqishi, qisqa yo`tal davrida organizmiga boshqa bir o`tkir respirator virusli infeksiya tushgan bo`lishi, unga nisbatan bola organizmida oldingi yillari immun javob hosil bo`lgani bois, bu safargi virus bilan bolani organizmini uchrashuvida kasallikni engil o`tkazayotgani, lekin shunday bo`lsa-da mazkur virus bronxit ko`rinishidagi asoratlanganini ko`rsatmoqda.
Kovid kasalligidan farqli o`laroq, bugungi kunda bolangiz kasalligi 5-6 kun bo`lsada, oilada boshqalarda kasallikni alomatlari paydo bo`lmaganligi hamda kovid bemorlari bo`lganlar bilan muloqotda bo`lmaganligi KOVID kasalligiga o`xshamayotganligidan dalolat.
Shunday bo`lsada KOVID kasalligini tasdiqlash maqsadida shifokor ko`rsatmasiga ko`ra antigenni aniqlash uchun PZSR yoki ekspress test topshirib aniqlik kiritish mumkin.
Bronxit kasalligi – bronxlarni shilliq qavvatlarini yallig`lanishi bo`lib, virus yoki bakteriya yoki zamburug`lar sababli kelib chiqadi. Undan tashqari ko`p hollarda allergik omil (dorilar, turli xil kimyoviy vositalar va hokazolar) ta`sirida kuzatilishi mumkin. Shu bilan birga kattalarda ko`p chekish oqibatida va kasb kasalligi sifatida (asoratlangan bronxit)lar ko`rinishida ham uchrashi mumkin.
Bronxit alomatlari kasallik boshlanishida kelib chiqaruvchi omillarga bog`liq bo`lib, bolalarda ko`p holatda bu O`RVI virusi organizmga tushib tomoq, hiqildok, traxeya va bronx yo`llarini shilliq qavvatlarini zararlashi oqibatida kelib chiqadi.
Mazkur holatda ko`proq zararlanish traxeya va bronxlarda kuzatilmoqda, shu bois ertalab tongi 4-7 ga qadar inson organizmida o`pka va nafas yo`llarining qon bilan ta`minoti kuchayishi hamda faoliyati faollashuvi davrida shu traxeya va bronx yo`llarida yig`ilgan yot narsalarni organizm yo`tal mexanizmi bilan tashqariga chiqarib tashlashga urinadi.
Farzandingizda balg`am ertalabki soat 5-6 larda yo`tal bilan ajralib chiqishi kuzatilmoqda. Mazkur holat bolaning organizmida immun tizimining holatiga bog`liq, bu tongi yo`tal ma`lum bir davrda (7 kundan 14 kungacha oralig`ida) o`tib ketadi.
Agarda bolada tana harorati 38°S dan yuqori bo`lmasa va bolaning faolligi yaxshi, ishtahasi yaxshi bo`lsa dori vositalari kerak emas.
Asosiy maqsad, bolaning bronxlarida O`RVIdan so`ngi qolgan balg`amli ajralmalarni tashqariga chiqarish va uni bronxlarini tiklanishi yordam berishdir, bunday holatda fizioterapevtik muolajalar ham yordam beradi.
Mazkur bolani holati bo`yicha maktab shifokori yoki oilaviy poliklinikada (UASh yoki pediatr) shifokoriga murojaat etsangiz maqsadga muvofiqdir. Bolaning holatini to`liq baholab, qo`shimcha tekshiruv va bolaga tavsiya etiladigan qo`llab quvvatlovchi davoni shifokorlar farzandingizga tavsiya etadilar.






