AsosiyJamiyat

Ertadan mamlakatimiz hududiga salqin va quruq havo oqimining kirishi kutilmoqda

'Ertadan mamlakatimiz hududiga salqin va quruq havo oqimining kirishi kutilmoqda'ning rasmi

"Uzgidromet" markazning xabar berishicha, bugun O`zbekistonda havo ochiq va iliq, harorat shu kunning iqlimiy me`yorlariga yaqin bo`lib, 25-30 darajani tashkil qiladi. Kunning ikkinchi yarmida bulutlar ko`paya boshlaydi, kechga borib va tunda respublikaning ayrim tog`oldi va tog`li hududlarida yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor.

Ertadan mamlakatimiz hududiga salqin va quruq havo oqimining kirishi kutilmoqda, ushbu oqim ish haftasining oxirigacha respublikadagi ob-havoni belgilaydi. Harorat foni hamma joyda 2-4 darajaga pasayadi. Bu davrda asosan kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.

Keyinchalik sentyabr oyining oxirigacha butun O`zbekiston hududi bo`yicha oyning oxiri uchun xos bo`lgan havoning saqlanib turishi kutilmoqda. Bu davrda yog`ingarchilik ehtimoli kam. Uraldan salqin havo kirib turishi hisobiga harorat foni respublika bo`yicha me`yordan 3-4 darajaga past bo`ladi. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 20-25 darajani tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar