Ushbu savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bosh davlat mehnat huquq inspektori Gulrux Niyozmetova ishtirokida brifingda javob berildi.
— Paxta davrida yollanma terimchilar hamda paxta-to`qimachilik klasterlari yoki fermer xo`jaligi o`rtasida fuqarolik huquqiy shartnoma tuziladi. Paxta to`qimachilik klasterlari yoki fermer xo`jaligida doimiy ishlab kelayotgan ishchilar bilan ham paxta terish bo`yicha qo`shimcha mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
Fuqarolik huquqiy shartnoma imzolangan kundan kuchga kiradi hamda paxta terimi mavsumi davrida amal qiladi. Mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga hamda muddatli asosda tuzilishi mumkin.
Terimchi fuqarolik huquqiy tusdagi shartnomani istalgan vaqtda o`z ixtiyoriga ko`ra bekor qilishi mumkin. Mehnat shartnomasini bekor qilish Mexnat kodeksidagi umumiy asoslarga ko`ra amalga oshiriladi.
Fuqarolik huquqiy shartnoma hamda mexnat shartnomasi nusxada tuziladi hamda bittasi terimchida, bittasi fermer xo`jaligi, klasterda saqlanadi.