1

22 sеntyabrdan dizel yoqilg`isi narxlari arzonlashdi

Jamiyat 22.09.2020, 13:18
22 sеntyabrdan dizel yoqilg`isi narxlari arzonlashdi

Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi joriy yilning 22 sentyabridan belgilangan muddatga ishlab chiqarilayotgan dizel yoqilg`isi uchun narxlarni tushirish bo`yicha qaror qabul qildi. Bu haqda zavodning matbuot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur qarorga asosan zavodning o`zidan bir tonna mahsulot uchun aksiz bilan 5 million 600 ming so`mgacha (yakuniy iste`molchiga xuddi shu miqdor aksizsiz 5 million 201 ming so`m), respublika hududida joylashgan "O`zbekneftgaz" AJ neft bazalaridan aksiz bilan bir tonna mahsulot uchun 5,500 ming so`mgacha (yakuniy iste`molchiga huddi shu miqdor, aksizsiz 5 million 101 ming so`m) etib belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1