1

Grippga qarshi sifatli vaksinani qaerdan olish mumkin?

Jamiyat 22.09.2020, 13:30
Grippga qarshi sifatli  vaksinani qaerdan olish mumkin?

Bugun Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida o`tkazilgan brifingda aholini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

? Grippga qarshi sifatli  vaksinani qaerdan olish mumkin va qanchadan keyin organizmda grippga qarshi immunitet paydo bo`ladi?  

–Grippga qarshi vaksina bilan maxsus tashkil qilingan emlash markazlariga borgan holda emlanish mumkin.  

Aholi yurtimizdagi mavjud vaksinalarning sifatiga shubha qilmasa ham bo`ladi. Chetdan olib kirilayotgan har bir vaksina sifati va samaradorligi Sog`liqni saqlash vazirligining tegishli muassasasi tomonidan tekshirilib, amaliyotga joriy qilishga ruxsat beriladi.  

Yurtimizga turli davlatlardan samaradorligi eng yuqori bo`lgan vaksinalar olib kelinadi. Vaksina qabul qilayotganda har bir fuqaro o`z xohishiga ko`ra turli davlatda ishlab chiqilgan vaksinadan birini tanlaydi.  

Mavsumiy grippga qarshi vaksina organizmda 15 kun ichida mikroblarga qarshi immunitet ishlab chiqadi. Ta`sir kuchi 1 yilga etadi.  

Emlashdan oldin shifokor tomonidan albatta emlanuvchi shaxsning umumiy salomatligi tekshirilib, shunga ko`ra vaksinasiya qilish-qilmaslik belgilanadi. Ya`ni, emlanadigan kishi shamollash, nafas olish yo`llari yallig`lanishi kabi kasalliklardan tamoman sog`lom bo`lishi kerak.  

Shuningdek, vaksina tarkibidagi komponentlarga nisbatan allergik ta`sirchanlik darajasi ham tekshiriladi. Shuning uchun vaksinasiyadan oldin shifokor ko`rigidan o`tish tavsiya etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1