1

Nima uchun koronovirus infeksiyasi bolalarda engil o`tadi?

Jamiyat 22.09.2020, 15:05
Nima uchun koronovirus infeksiyasi bolalarda engil o`tadi?

Bugungi kunda ayrim maktablarda o`qish boshlangani sababli farzandlari maktabga qatnayotgan ota-onalar ularning salomatligi uchun xavotirga tushib mutaxassislarga ko`plab savollar berishmoqda. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova AOKAda o`tgan brifing chog`ida muhim savollarga javob berib o`tdi.

Nima uchun koronovirus infeksiyasi bolalarda kattalarga nisbatan  engil o`tadi?  

–Hozirgi kunda ushbu masala bo`yicha yagona fikr mavjud emas.

Koronavirus bolalarda aksariyat hollarda engil shakldagi O`RVI singari kechadi, ya`ni tomoq og`rig`i, yo`tal, burun oqishi va aksirish.

Kasallik og`irroq kechayotgan bo`lsa – tana haroratining 37,5-39 darajagacha ko`tarilishi, holsizlik va bosh og`rig`i kuzatiladi.

Engil kechishiga olib keluvchi sabablar quyidagilar bo`lishi taxmin qilinadi:  

🔺Kattalarga nisbatan sog`lom o`pkaga egaligi tufayli bolalar kasallikning og`ir shakllariga beriluvchan emas;

🔺Bolalar, ayniqsa erta yoshdagi bolalar yomon odatlarga - chekish va boshqalarga ega emasligi;

🔺Tug`ma immunitet, ya`ni nospesifik himoya bolalarda kattalarga nisbatan kuchli bo`lganligi;

🔺COVID-19 virusi hujayra ichiga kirishi uchun o`z oqsilini inson hujayralaridagi S reseptorlar bilan bog`laydi. Bolalarda ushbu reseptorlarning soni va faolligi kam. Ya`ni, bolalarda virus kirishi uchun nishonlar kam;

🔺Bolalar bog`cha va maktablarda o`zlari uchun juda ko`p yangi respirator infeksiyalarga uchraydilar. Buning natijasida ularda bir qator kasalliklarga qarshi antitanachalar hosil bo`lib, ularning miqdori kattalarnikiga nisbatan ko`p bo`ladi.  

🔺Lekin shuni yodda tutish kerakki, bolalarda ham kasallik o`tkazilib yuborilsa va shifokorga kech murojaat qilinsa hamda ularda nafas olish tizimining surunkali kasalliklari mavjud bo`lsa, ularda ham og`ir kechish holatlari kuzatilishi mumkin hamda o`limga olib kelishi mumkin.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1