1

Maxsus poezd orqali mingga yaqin o`zbekistonliklar Rossiyadan olib kelindi.

Jamiyat 22.09.2020, 16:24
Maxsus poezd orqali mingga yaqin o`zbekistonliklar Rossiyadan olib kelindi.

Respublika maxsus komissiyasi O`zbekiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don – Toshkent” temir yo`l reysini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilgan edi. 

Rossiya va Qozog`iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 19 sentyabr kuni “O`zbekiston temir yo`llari” AJ poezdi 746 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Lixaya” stansiyasidan O`zbekistonga jo`nagan edi.

Transport vazirligining xabar berishicha, mazkur poezd bugun Toshkent janubiy vokzaliga etib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga etkazildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1