AsosiyJamiyat

"Onlayn maktab". O`qituvchilar uyga vazifa talab qilishi to`g`rimi?

'"Onlayn maktab". O`qituvchilar uyga vazifa talab qilishi to`g`rimi?'ning rasmi

Bugungi kunda masofaviy shaklda ta`lim olayotgan o`quvchilardan ham “Onlayn maktab” loyihasi doirasida ham o`qituvchi tomonidan berilgan uyga vazifalar talab qilinyapti, shu to`g`rimi? 

Javob: Pandemiya sharoitida respublika umumta`lim maktablar faoliyati bosqichma-bosqich yo`lga qo`yilmoqda. Maktabda o`qish shakli ota-onalarning ixtiyori asosida tanlanmoqda.

Bugungi kunda masofaviy ta`lim shaklini tanlagan ayrim ota-onalar tomonidan dars mashg`ulotlari ham an`anaviy ham masofaviy shaklda olib borilayotganligi bois, o`quvchilarning dars mashg`ulotlarini o`zlashtirish va uyga vazifalarni bajarishda tushunmovchiliklar yuzaga kelayotgani yuzasidan e`tirozlar yuzaga kelmoqda.

Xalq ta`limi vazirligi ushbu e`tirozlarga javoban masofaviy shaklda ta`lim olayotgan o`quvchilar televizion darsda berilayotgan uyga vazifalarni bajarishlari lozimligini ma`lum qiladi.

O`qituvchilar o`quvchining uyga vazifasini bajarish uchun imkoniyat berilishi, ya`ni televizion dars o`tilgan kunning o`zidayoq uning bajarilishini talab qilinishi noto`g`riligi, aksincha fan o`qituvchilari tomonidan televizion darsda berilgan uyga vazifani o`zlashtirishda o`quvchilarga ko`maklashishi maqsadga muvofiq.

O`quvchining masofadan ta`lim olayotgani bilan bog`liq murakkablikni inobatga olgan holda o`qituvchilardan o`quvchilarni masofaviy shaklda o`tilayotgan televizion dars mashg`ulotlaridan tashqari qo`shimcha uyga vazifalar bilan ortiqcha yuklamalar bermasliklari so`raladi.

 
  

    Boshqa yangiliklar