1

Hindistonlik olim: “BMTda o`zbek tilining yangrashi biz uchun ham faxrlidir”

Jamiyat 23.09.2020, 08:33
Hindistonlik olim: “BMTda o`zbek tilining yangrashi biz uchun ham faxrlidir”

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yil 23 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda ishtirok etishi va mustaqil O`zbekiston tarixida BMT minbaridan birinchi marta o`zbek tilida nutq so`zlashi kutilayotgani qalbimizda faxr tuyg`ularini uyg`otdi”, - dedi Jamiya Milliya Islomiya universiteti o`zbek tili o`qituvchisi professor Shahid Taslim “Dunyo” AAga bergan intervyusida.

–  Men hayotini o`zbek tilini o`rganish va uni hind talaba yoshlariga o`rgatishga bag`ishlagan Hindiston olimi sifatida shuni qayd etishni istardimki, yaqin o`tmishda bunday katta minbardan turib o`zbek tilida so`zlashni tasavvur qilish mushkul edi, - deya so`zida davom etdi suhbatdosh.

Sh.Taslim o`zbek xalqining boy ma`naviy merosi haqida to`xtalib, o`zbek zaminida Amir Temur, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Imom Buxoriy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug`bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ko`plab buyuk shaxslar va allomalar tug`ilib, voyaga etib, faoliyat yuritganiga urg`u berdi.

- Ushbu allomalar o`z davrida dunyo siyosatiga katta ta`sir ko`rsatgan bo`lsa, hozirgi kunda O`zbekiston rahbarining oqilona tashabbuslari dunyo hamjamiyati tomonidan munosib kutib olinmoqda, - deydi hindistonlik olim. - Fikrimning tasdig`i sifatida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari o`tkazishni yo`lga qo`yish, BMTning «Ma`rifat va diniy bag`rikenglik» maxsus rezolyusiyasini qabul qilish, BMTning Yoshlar huquqlari bo`yicha konvensiyasini ishlab chiqish, Orolbo`yi muammosiga e`tiborni oshirish va Afg`oniston muammosini hal etish kabi masalalarga oid beshta taklifining barchasi to`liq amalga oshganligini ta`kidlash kifoyadir.

O`zbekiston Prezidentining navbatdagi ma`ruzasida ham xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik qator masalalar yuzasidan muhim tashabbuslar yangrashiga va ahamiyati jihatidan ular ham jahon hamjamiyatining e`tirofiga sazovor bo`lishiga aminman.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1