1

2030 yilgacha biometrik pasport o`rniga ID-kartalar joriy etiladi — Prezident farmoni

Jamiyat 23.09.2020, 08:58
2030 yilgacha biometrik pasport o`rniga ID-kartalar joriy etiladi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga binoan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab shaxsni raqamli identifikasiya qilishning yagona tizimi joriy qilinmoqda. Unga ko`ra, biometrik pasportlar o`rniga O`zbekiston fuqarosining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlaydigan elektron tashuvchi qurilmaga ega hujjat sifatida ID-karta joriy etilmoqda.

Biometrik pasportlar hamda yashash guvohnomalari ID-kartalarga quyidagi muddatlarda almashtiriladi:

* Birinchi bosqich - 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida (16 yoshga to`lganda yoki qonunchilikda ko`rsatilgan boshqa sabablarga ko`ra);

* Ikkinchi bosqich - 2023 yil 1 yanvardan 2029 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda almashtiriladi.

O`zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

ID-kartalarni olish va almashtirish uchun xohlagan ichki ishlar organlarining migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`linmalariga murojaat qilish mumkin.

Hozirgi biometrik pasportlarni rasmiylashtirish muddati 10 ish kuni bo`lgan bo`lsa, ID-kartalarni rasmiylashtirish esa 1 ish kunida amalga oshiriladi.

ID-karta quyidagi muddatlarga beriladi:

* yangi tug`ilgan bolaga bir yoshgacha – 2 yil muddatga;

* bir yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga;

* 16 yoshdan boshlab – 10 yil muddatga.

ID-kartani rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi, ya`ni 198 ming 470 so`m (22.09.2020 holatiga) miqdorida to`lov undiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1