1

Hukumat qarori bilan aholiga ipoteka kreditlari berish yanada soddalashtirildi

Jamiyat 23.09.2020, 09:18
Hukumat qarori bilan  aholiga ipoteka kreditlari berish yanada soddalashtirildi

21 sentyabr sanasida “Yangi tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun ipoteka krediti ajratishning soddalashtirilgan tizimini joriy qilish to`g`risida” Hukumat qarori  qabul qilindi.

 Qarorga ko`ra, tajriba tariqasida Andijon viloyatining Andijon shahri, Qo`rg`ontepa va Shahrixon tumanlarida “Ipotekabank” ATIB va “Qishloq qurilish bank” ATBlar tomonidan aholiga ipoteka kreditlari ajratish bo`yicha quyidagilarga ruxsat beriladi:  

  •  mijozning tanloviga ko`ra, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun ipoteka krediti qarz oluvchining plastik kartochkasiga bosqichma-bosqich o`tkazish yo`li bilan ajratilishiga;  
  •  qurilish davri uchun 6 oy imtiyozli davr belgilanishiga;  
  •  daromadlari to`g`risida kamida oxirgi 3 oy uchun ish joyidan berilgan ma`lumotnomalar, ish beruvchi tomonidan berilgan ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar, pensiya to`lovlari, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari bo`yicha deklarasiyalar bilan birga va xalqaro pul o`tkazmalari tizimi orqali kelib tushgan mablag`lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlarni qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) kreditga layoqatliligini hisoblashda inobatga olishga;  
  •  kreditning maqsadli ishlatilishini bank va qarz oluvchi o`rtasida dastlab imzolangan uy-joy qurilishini bajarish reja-jadvali asosida bajarilgan ishlar sifatida qabul qilishga;
  •  kredit ajratish uchun yakka tartibdagi uy-joylarning tegishli loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda asosiy turdagi qurilish materiallari qiymati asos sifatida qabul qilinishiga;  
  •  yakka tartibdagi uy-joylarning moliyaviy smeta hisob-kitobining 10 foizi miqdorida boshlang`ich badal sifatida qarz oluvchining mablag`lari, mavjud qurilish materiallari, ishchi kuchi va bajarilgan qurilish-montaj ishlari qabul qilinishiga.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1