1

Xorijdagi o`zbekistonliklarni olib kelish bo`yicha charter reyslar va poezd qatnovlari haqida ma`lumot berildi

Jamiyat 23.09.2020, 09:49
Xorijdagi o`zbekistonliklarni olib kelish bo`yicha charter reyslar va poezd qatnovlari haqida ma`lumot berildi

Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axborot berdi. 

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federasiyasining turli hududlaridan o`z Vataniga olib kelish bo`yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda,  temir yo`l va charter reyslari amalga oshirilmoqda.  

21 sentyabr kuni 2641 nafar fuqaroni O`zbekistonga olib kelish uchun Moskva shahridan 6 ta,  Sankt-Peterburg shahridan 3 ta,  Rostov-Don shahridan 1 ta va Turkiyadan 2 ta charter reyslari amalga oshirildi.  Shuningdek,  253 nafar hamyurtimiz “Uzbekistan Airways” AJning “Toshkent – Minsk – Toshkent” va “Toshkent – Bishkek – Toshkent” yo`nalishlaridagi hamda “Asiana Airlines”ning “Seul – Toshkent – Seul” yo`nalishidagi muntazam reyslar orqali Vatanga qaytdi.  

Bundan tashqari,  21 sentyabrda “O`zbekiston temir yo`llari” AJning poezdlarida 2538 nafar hamyurtlarimiz Novosibirsk,  Rostov-Don va Samara shaharlaridan O`zbekistonga etib kelishdi.  

Shuni qayd etamizki,  koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning ommaviy to`planishi virusni yuqtirish xavfini oshiradi.  Ayniqsa,  sog`lig`i xavf ostidagi toifalar (qariyalar,  homilador ayollar,  bemorlar,  surunkali kasallikka chalinganlar) uchun bu holat yanada xatarlidir.  

Rossiya hududida bo`lgan vatandoshlarimizdan poezd stansiyalarida to`planmasliklarini,  hozirda bo`lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat`iy rioya qilishlarini yana bir bor so`raymiz.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1