1

Avgust oyida qaysi hududda eng ko`p nikoh qayd etildi?

Jamiyat 23.09.2020, 10:27
Avgust oyida qaysi hududda eng ko`p nikoh qayd etildi?

Joriy yilning avgust oyida respublika bo`yicha eng ko`p nikoh 5035 ta qayd bilan Farg`ona viloyatida kuzatildi.

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning 8 oyida respublika bo`yicha 138 646 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 973 taga kam.

 Joriy yilning 8 oyida FHDYo organlarida qayd etilgan nikohlar soni bo`yicha Farg`ona – 15611 ta, Samarqand – 14282 ta, Qashqadaryo – 14261 ta, Andijon – 13029 ta va 13011 ta bilan Toshkent viloyatlari yuqori o`rinni egallagan.

️ Ma`lumot o`rnida respublika bo`yicha 8 oyda eng kam nikoh holatlari Navoiy (4320 ta) viloyatida qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1